Mansur Saidov "Neftchi"ga murabbiy sifatida qaytdi
Xabaringiz bor, Farg‘ona viloyati hokimi, Farg‘ona futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov klubdagi yoshlar jamoasining muvaffaqiyatsizliklarini oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar bergandi.
Bundan buyon klubga o‘zgacha ruhiyat olib kirish kerakligi, tartib-intizom, hurmat, ahillik bilan ish tashkil qilish lozimligini ta’kidlab o‘tgandilar.
Shularni hisobga olib, jamoa prezidenti Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov, klub bosh direktori Muxsinjon Mehmonovlar tashabbusi bilan jamoaning sobiq futbolchisi Mansur Saidovni klubga murabbiy sifatida qaytarishdi. Klubning sobiq sardori Mansur Saidov “Neftchi” U-19 bosh murabbiyi Ruslan Umerovga yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi.
“Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar