
Manuel Noyer Krishtianu Ronaldudan o‘tib ketdi
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasida ketma-ket g‘alaba qozonish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
"Zaltsburg"ga qarshi o‘yindan so‘ng, darvozabon g‘alabali seriyasini 15 uchrashuvga etkazib oldi. (O‘tgan mavsumda 11 ta, joriy mavsumda 4 ta o‘yin.)
Shunday qilib, darvozabon "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu "Real" safida qayd etgan 14 ta g‘alabali seriyani ortda qoldirdi.
Fikrlar