Kurzava PSJga shart qo‘ydi

  • 22.06.2020 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadigan tajribali himoyachisi Leyvin Kurzavaga yangi bitim taqdim etdi.

Unga ko‘ra, futbolchi yana to‘rt yil davomida Parij jamoasida to‘p surishi mumkin. Kurzava vakillari PSJ rahbariyatiga futbolchi faoliyatini bu jamoada davom ettirishi uchun uning maoshi hozirgisidan ikki barobar ko‘p bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi.

Ayni paytda erkin agentga aylanish arafasida turgan Kurzavaga qator klublar ko‘z tikib turibdi. Ular orasida “Arsenal” va “Chelsi”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!