"Maqsad bo‘lmasa bu ishga bormasdim, "Nasaf" o‘yin bo‘yicha hammadan kuchliroq" - siz yaxshi bilgan Bahrom Hakimov e’tiborini nimaga qaratgan?

  • 29 may, 2022, 23:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan qo‘qonlik Bahrom Hakimov butun hayotini futbolga bag‘ishladi. Murabbiy sifatida bir qancha klublarda ishladi, muvaffaqiyatlar qozondi. Ayniqsa, Qarshining “Nasaf” jamoasi bilan Osiyo maydonlarida va o‘zimizning chempionatda eslab qolishga arziydigan natijalarni ko‘rsatdi. Undan keyin esa shogirdlari bu ishni davom ettirib kelishmoqda.

Tecno

Bahrom Hakimov ayni paytda “Turon” U-19 jamoasini boshqarib kelyapti. Klub rahbariyati mutaxassisning tajribasidan aynan yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida foydalanmoqda. Kuni kecha uning jamoasi U-19 chempionati doirasida “Andijon” yoshlari bilan bahs olib bordi. Uchrashuvdan keyin Hakimovni suhbatga tortdik.

“Turon”dagi vazifasi

- Maqsad bo‘lmasa bu ishga bormasdim. Bizda U-19, U-16, U-14 jamoalari bor. Shularga qarayapman va qolaversa, U-19 jamoasini boshqaryapman. Bizning vazifamiz mahalliy yoshlarimizni “Turon”ni asosiy jamoasiga etkazib berish. Rahbarlarga rahmat aytaman, ular bizga juda yaxshi sharoitlarni yaratib berishdi. Bazamiz, avtobusimiz bor. Hamma narsamiz bor. “Turon” kelasi yili Superligaga chiqsa, hozirgi yoshlar jamoamiz tarkibidagi 70-80 foizi o‘rinbosarlar jamoasida o‘ynashadi. Qaerda ishlashimdan qat’iy nazar doim mahalliy futbolchilarga e’tiborimni qaratganman. Rahbariyat menga yuqorida aytib o‘tgan yoshlar jamoalarini ishonib topshirishdi.

bahrom5

Andijondagi o‘yin

- “Andijon” U-19 jamoasining “Xorazm” bilan o‘yinini ko‘rib chiqib, tahlil qilgandik. Safarda yutib kelishdi, jamoasi yaxshi. “Andijon” U-19 ga ham yaxshi sharoitlar yaratilganini eshitdim. Bu erdagi o‘yinchilar ancha yildan beri birga. Biz esa yig‘ilganimizga 4 oy bo‘ldi. Safardagi ochkoni baribir qiymati baland. To‘g‘ri, darvozabonimizni o‘yini menga yoqmadi. Oldingi uchrashuvlarda yaxshi o‘yinlar ko‘rsatgandi. Bu yoshda bir yaxshi, bir yomon o‘ynashadi. Bu safar o‘yinimiz chiqmadi, ammo bir ochko oldik.

bahrom3

Pro liga haqida

- Pro ligada bu yil intriga kuchli. Bir qator viloyatni bosh jamoalari kurashishyapti. “Turon”ni Superligaga qaytishini istaymiz. Ana shunda bu yoshlarimiz qolib ketishmaydi. Hozirgi bolalarni 16 yoshligida olamiz va 19 yoshda o‘rinbosarlar tarkibiga beramiz. “Nasaf”, “Bunyodkor” kabi jamoalarga qarab intilyapmiz. Qachondir “Nasaf”da ishlaganimda hokimga akademiya tashkil qilish, yoshlarni tarbiyalashga e’tiborni oshirish haqida aytardim. Mana, “Nasaf”ni ko‘rib turibsiz, qanday darajadaligini.

bahrom6

Etakchilar xususida

- O‘tgan yili unchalik pro ligani kuzata olmagandim. Aksiga olib Superligada “Turon”ning asosiy jamoasini ham boshqardim. Bu yil kurash juda qizg‘in. Oxirgi paytlarda “Sho‘rtan” ham o‘yiniga ancha qo‘shdi. Muborakka borib yutib kelishdi. “Andijon” “Zomin”ni 2:1 hisobida qiyinchilik bilan yutdi. “Turon” esa xuddi shunday qiyinchilik bilan “Sho‘rtan”ni mag‘lubiyatga uchratdi. O‘ylaymanki, “Turon” albatta Superligaga chiqadi. Unga “Buxoro” yoki “Andijon” sherik bo‘lishi mumkin. Ikkinchi davra endi boshlandi, hali hammasi oldinda. Undan keyin uchinchi bosqich bor. Kim oxirigacha qanday chidashiga ham bog‘liq. Jismoniy tomondan kim kuchli bo‘lib, o‘yindan-o‘yinga kuchayib borsa, o‘sha jamoa chiqadi.

bahrom4

Superliga

- Superligada favoritlar ko‘p. Meni hayron qoldirayotgan hech kim yo‘q. Oldin ham sizga aytgandim, “Nasaf” o‘yin bo‘yicha hozir hammadan kuchliroq. Bu klubda yana ikkita zaxira o‘yini bor. Agar ikkalasini yutsa hammadan oldinga chiqib ketishi mumkin. Esdan chiqarmanglar, “Nasaf” kuchli raqiblar bilan o‘ynab kelyapti. “Nasaf”da imkoniyat ko‘proq, ammo hamma narsa o‘zgarib ketishi ham mumkin. Lekin hozirgi paytda qarshiliklarning o‘yini ko‘proq yoqyapti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
30/05/2022 11:02
Jurnalistlar ham sayt hodimlari ham nimagader haqiqat uchun kurashmayapti. aniq haqiqat qolib ozgena mojorolik holat bulsa hammani fikrini usha erga qaratin bu yoqqa nagli bulgan faziyatlarni asta qolderib emi jimisiga bosdi bosdi qilib ketishapti. Oddiy misol Nasaf Pahtakor uyinniga Norchaevni golini hisoblamadi lekin usha faziyatni tahlil qilib berishmadi. Bizning fudbolga Bahtiyor deganlari qatnashdi nima emish u kamisar bulib ishlapti lekin usha mojorolik holatni kurmapti. keyingisi Sugdiyona maydoniga Husniddin Aliqulov boshi bilan gol urdi eng kulgulisi Tv usha mamentka pavtor ham kursatmadi VAR ham ishlamadi. lekin hech kim tuhtalmadi ham. tup darvozani kesib utdi. qaytib chiqdi. hech bulmasa sudiya VAR qarasin. qaramadi ham. yoki. tv. pavtor kursatmadi ham.
&
Nasaf Qarshi
30/05/2022 08:19
Уфа ва Пфлдан илтимосим халол чемпионат килинглар футбол ривожланади, мухлислар майдонга кайтади, спортда адолат булмаса ривожланиш булмайди ахир, шуни тушунишни хохлайсизларми йукми узи?
Baratov Elyor
30/05/2022 12:14
Bizni fudbolda haliyam korrupsiya ,
tanishchilik bor!
Fudbolni o'z holiga qo'ying va natija ajoyib bo'ladi!
Nasaf yorib tashla hammasini!
&
Nasaf Qarshi
30/05/2022 08:12
Четдан кора кучлар аралашмаса деб айтсангиз дангал буларди?