Maradonani olgan "Dinamo" Mo‘ydin Mamazulunovni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 5 mart, 2018, 12:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Pro-Liga bahslariga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi tarkibi kuchaytirilmoqda. Bu haqda samarqandliklar matbuot xizmati xabar bermoqda. 

O‘tgan haftada jamoa safiga “Mash’al”dan Maradona Safarov, “So‘g‘diyona” darvozaboni Shohruh Eshbo‘taev, “Qizilqum” himoyachisi Viktor Grigorevlar kelib ko‘shilgandi. 

Kuni kecha esa “Dinamo” tarkibiga o‘tgan mavsumni Farg‘onaning “Neftchi” klubi safida o‘tkazib, 9 gol bilan farg‘onaliklar to‘purari bo‘lgan Muydin Mamazulunov kelib qo‘shildi. Tajribali hujumchi jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.

“Dinamo” 5 mart kuni Toshkentdagi dastlabki yig‘inni yakunlab, 6 mart kuni Samarqandda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Navbatdagi yig‘in ham 9 mart kunidan poytaxtimizda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” Pro-Liga 1-turi doirasida 25 mart kuni G‘uzorda “Sho‘rtan” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!