Maradonaning farzandi: "Otam jannatda bayram qilmoqda"
Diego Maradonaning o‘g‘li Argentina jahon chempioni bo‘lganidan so‘ng o‘z emotsiyalarini yashirib o‘tirmadi.
Argentina 2022 yil 18 dekabr kuni Qatardagi mundial g‘olibiga aylandi.
"Sen uchun xursandman, Leo. Sababi, bu kubokka sendan loyiqroq futbolchi yo‘q edi. Xalqimiz hozir juda baxtli.
Men o‘zimni har doim argentinalik, deb his qilganman. Mening otam jannatda bayram qilmoqda. Sizni qanchalik kuchoqlashni xohlayotganimni bilmaysiz", - deb yozdi kichik Maradona.
Fikrlar