Maradonaning jamoadoshi qotilni to‘xtatib qoldi

  • 29 oktabr, 2022, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Milan shahri yaqinidagi savdo markazida ro‘y bergan qurolli bosqinchilik sobiq futbolchining qahramonligi tufayli bostirildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 46 yoshli erkak Assago savdo markazida pichoq bilan odamlarga hujum qilgan. U jami olti kishiga zarba bergan. Ulardan biri – supermarket xodimi olingan jarohat tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Jinoyatchi odamlarga hujumni davom ettirayotgan pallada shu erda bo‘lgan sobiq futbolchi Massimo Tarantino uni to‘xtatib qolgan va qurolsizlantirgan. 51 yoshli Massimo jinoatchini politsiya xodimlariga topshirdi.

Massimo Tarantino “Napoli”da Diego Maradona bilan birga o‘ynagan. Bu futbolchi o‘tgan asrning oxirlarida “Inter” va “Bolonya” jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!