Mareska: "Jamoam kundan-kunga yaxshilanib bormoqda"

  • 26 aprel, 21:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 34-turida "Chelsi" "Everton" bilan kuch sinashib, Jeksonning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Entso Mareska o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik. Biz hukmronlik qildik va darvozamiz oldida hech qanday imkoniyat bermadik. Kerakli paytda kuchli va agressiv bo‘lishga erishdik.

Nikolas Jekson, Koul Palmer, Robert Sanches haqida ko‘p bor gapirganmiz — ularga shubhamiz yo‘q. Bu davrda ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Niko bugun gol urdi. Koul ham juda yaxshi o‘ynadi.

O‘yin yakunida ham jamoadoshlari Sanches bilan birga bayram qilishdi. Ular Robert uchun bu og‘ir davr ekanini biladi va uni qo‘llab-quvvatlashyapti".

Laviya haqida

"Romeo bilan "Siti"da bir mavsum birga ishlaganman. Uni yaxshi bilaman. U ham, Ris Jeyms ham top o‘yinchilar. Biz ularni asrashimiz kerak. Ris va Romeo bilan "Chelsi" ancha kuchli bo‘ladi. Romeo sog‘lom bo‘lganda, u eng yaxshi yarim himoyachilardan biri. U yaxshi himoya qila oladi va chiziqlar oralig‘ida ajoyib paslar beradi".

Jamoadagi muvozanat haqida

"Bizning jamoa o‘yindan o‘yinga yaxshilanib boradi, chunki futbolchilar har xil o‘yinlarda qanday harakat qilishni yaxshi tushuna boshlashadi. Shu sababli muxlislar bizga ishonishi kerak — bizning yo‘limiz uzoq, lekin futbolchilar ko‘p narsaga erishadi", — deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!