Mareska «Manchester Siti»ga Rodrining qaytishi muddatini aytdi

  • 10.08.2026 11:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrining jamoaga qachon qaytadigan boʻyicha aniqik kiritdi. Murabbiy soʻzlariga koʻra, futbolchi 14 avgust kuni jamoadoshlariga qoʻshilishi kutilmoqda. Shu vaqtgacha u Manchesterda qoladi.

 

«Rodri 14 avgust kuni jamoaga qaytib keladi. Hozircha hech qanday oʻzgarish yoʻq: u hozir hamon Manchesterda», — deya xabar beradi mutaxassis soʻzlarini keltirgan «Manchester Siti» rasmiy sayti.

 

Soʻnggi kunlarda ispaniyalik yarim himoyachining «Barselona»ga oʻtishi mumkinligi atrofida faol muhokamalar davom etmoqda. Kataloniya klubi futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishdan jiddiy manfaatdor, ammo hozircha tomonlar oʻrtasida yakuniy kelishuvga erishilgani yoʻq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!