
Margarita va Monika Nyu-Yorkda qovun tushurdi
Rossiyalik Margarita Gasparyan va ruminiyalik Monika Nikulesku Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan turnirning finalida ishtirok etdi.
Margarita va Monika mazkur bosqichda xorvatiyalik Dariya Yurak va ispaniyalik Mariya-Xose Martines-Sanchesga 5:7, 6:2, 7:10 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, bosh sovrindan quruq qolishdi.
Shu tariqa turnir g‘olibiga aylangan Yurak va Martines-Sanches tandemi tashkilotchilar tomonidan 12,300 AQSh dollari bilan taqdirlandi.
Fikrlar