
Mario Fernandes nega ruscha gapirmasligini aytdi
Moskvaning TsSKA klubi va Rossiya terma jamoasi himoyachisi Mario Fernandes rus tilini o‘rganish uning uchun tushunarsiz vazifaga aylanganini tan oldi.
"Rostini aytsam, rus tilini o‘rganish uchun men futbolni tugatishim kerak. Chunki, shundan keyingina men maktabga borib, faqat rus tilini o‘rganar edim. Bu juda qiyin til! Albatta, men ba’zi so‘zlarni tushunaman. Lekin rus tilida intervyu berish... Yo‘q, bu deyarli imkonsiz. Buning uchun chin dildan kechirim so‘rayman. Meni aybga buyurmang”, - dedi Fernandes.
Fernandes asli braziliyalik hisoblanadi. U TsSKA tarkibida 2012 yildan beri o‘ynab kelmoqda va 2016 yildan beri Rossiya Federatsiyasi fuqarosi hisoblanadi.
O‘tgan mavsumda futbolchi “armiyachilar” tarkibida 27ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urgan va 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar