Mark Gexining "Liverpul"ga transferi barbod bo‘ldi

  • 01.09.2025 23:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"The Athletic" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, himoyachi Mark Gexi "Kristal Pelas"da qoladi. Bu "Liverpul" bilan kelishuv va tibbiy ko‘rikning bir qismini o‘tganiga qaramay sodir bo‘lmoqda. Bu xabarni ishonchli jurnalist Fabritsio Romano ham tasdiqladi

Bunday qarorga asosiy omil klub bosh murabbiyi Oliver Glasner bo‘ldi. U jamoa sardorini munosib o‘rinbosar topilmagunicha qo‘yib yubormaslikka qat’iy turdi. Shu maqsadda "Brayton"dan Igor Julioni olib kelish rejasi ham amalga oshmadi.

Eslatib o‘tamiz, Gexining "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!