“MARKAZIY OSIYo ShAXMAT FESTIVALI” g‘olib va sovrindorlari aniq bo‘ldi

  • 30 sentabr, 2019, 13:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning 20-29 sentyabr kunlari Toshkent shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “MARKAZIY OSIYo ShAXMAT FESTIVALI” bo‘lib o‘tdi. Mazkur chempionat RosAtom, FIDE va O‘zbekiston Respublikasi  hukumati ko‘magida tashkil qilinib, O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi tomonidan tashkil qilinmdi.

Tecno

“MARKAZIY OSIYo ShAXMAT FESTIVALI” doirasida 3 turnir bo‘lib o‘tdi. Asosiy musobaqa bu 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati. Bundan tashqari, rapid(tezkor shaxmat) bo‘yicha uch guruhda  va maktab o‘quvchilari o‘rtasida musobaqa hamda FIDE arbitlari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

photo_2019-09-30_09-35-04

Federatsiyalarni rivojlantirish dasturi bo‘yicha, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston shaxmat federatsiyalariga o‘z davlatlarida turnirlarni tashkillashtirishlari uchun 20 ta shaxmat soatlari taqdim etiladi.

Musobaqada 6 mamlakatdan – Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va O‘zbekistondan umumiy 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishdi.

Mukofot jamg‘armasi 12.000 evro bo‘lgan festivalda, standart yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan o‘g‘il bolalarga 3000 evro, qiz bolalarga esa 1500 evro pul mukofoti berildi.

photo_2019-09-30_09-35-29

 

Qizlar o‘rtasidagi g‘oliblar:

  1. Nilufar Yakubbaeva (O‘zbekiston) 1500 evro
  2. Xeniya Balabaeva (Qozog‘iston) 700 evro
  3. Sitora Saparova (O‘zbekiston) 500 evro
  4. Asal Salimova (O‘zbekiston) 400 evro
  5. Abdusattorova Bahora Abdusattorova (O‘zbekiston) 200 evro
  6. Umida Omonova (O‘zbekiston) 100 evro

 

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi g‘oliblar:

  1. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) 3000 evro
  2. Nodirbek Yakubbaev (O‘zbekiston) 2000 evro
  3. Saidakbar Saydaliev (O‘zbekiston) 800 evro
  4. Shamsiddin Vohidov (O‘zbekiston) 700 evro
  5. Javohir Sindarov (O‘zbekiston) 600 evro
  6. Saparmurod Atabaev (Turkmaniston) 500 evro
  7. Jandos Agmanov (Qozog‘iston) 400 evro
  8. Azat Nurmamedov (Turkmaniston) 300 evro
  9. Ali Kasimov (O‘zbekiston) 200 evro
  10. Umar Isomov (O‘zbekiston) 100 evro

O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati.

photo_2019-09-30_09-35-45_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!