Markaziy uchrashuvda g‘alaba qozongan PSJ peshqadamga aylandi

  • 22 mart, 2021, 03:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya Chempionati 30-turidan o‘rin olgan "Lion" - PSJ uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda parijliklar 4:2 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Dastlab, mehmonlar Mbappening dubli, Danilu va Di Mariyaning gollari evaziga 4:0 hisobida oldinga o‘tib oldi. Keyinchalik, maydon egalari Slimani hamda Korne tomonidan berilgan aniq zarbalar bilan hisobdagi farqni biroz bo‘lsada qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shunday qilib, PSJ 30-turdan keyin 63 ochko jamg‘argan holda, peshqadamga aylandi. Ulardan 3 ochko kam to‘plagan "Lion" kuchli uchlikka yakun yasagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!