Markin'os: «Biz og‘ir startdan keyin jamoalar qanday qilib sovrinlar yutib olganini ko‘rganmiz»

  • 09.09.2026 13:48
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«PSJ» himoyachisi Markinyos jamoaning yangi mavsumdagi omadsiz startlari haqida fikr bildirdi.

 

«Mavsum boshida qiynalgan, lekin keyin formaga kirib, sovrinlar yutib ketgan jamoalarni ko‘p ko‘rganmiz. Biz ham o‘z kuchli tomonlarimizni to‘g‘ri ishga solishimiz, o‘yinimizda barqarorlikka erishishimiz kerak. Har doim barcha sovrinlar uchun kurashishni istaymiz. Birinchi navbatdagi maqsadimiz — Chempionlar ligasida umumiy bosqichda imkon qadar yuqori o‘rinni egallash», — deya Markinyos so‘zlarini parijliklar matbuot xizmati keltiradi.

 

Fransiya chempionatidagi dastlabki uch turda «PSJ» biror marta g‘alaba qozona olmadi va jami ikki ochko to‘pladi. Shuni ham qayd etish kerakki, Liga 1 boshlanishidan oldin Luis Enrike boshqaruvidagi jamoa mamlakat Superkubogi uchun bahsda «Lans»ga mag‘lub bo‘lgan edi.

 

9 sentabr kuni «PSJ» Chempionlar ligasidagi ishtirokini o‘z maydonida «Slovan»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!