
Markizio "Yuventus"ni tark etadi
“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Klaudio Markizio yozgi transferlar mavsumida MLS klublaridan biriga yo‘l olishi kutilmoqda.
SportMediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli o‘yinchi turinliklar safida o‘rnidan norozi va zaxira o‘rindig‘ida qolib ketmoqda. Bundan tashqari futbochli Italiyaning boshqa birorta klubiga o‘tishni ham istamayotir.
Markizio bu mavsum barcha turnirlarda 20 o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar