
Marko van Basten: Ronaldu Messidan yaxshiroq, deganlar futbolni tushunmaydi
Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Marko van Basten "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu borasida gapirib o‘tdi.
"Ronaldu yaxshi futbolchi, ammo uni Messidan kuchliroq, deganlar futbolda hech narsani tushunmaydi yoki ular buni samimiy gapirishmaydi.
Messi noyov va tengsiz! Bunday futbolchilar har 50 yoki 100 yilda bir marta paydo bo‘ladi. U daho bo‘lib tug‘ilgan.
Men 3 ta "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritganman va 28 yoshimda faoliyatimda pasayish bo‘lgan. 30 yoshdagi Ronaldu va Messiga bir qarang!" - dedi van Basten.
Fikrlar