Markos Roxo nima uchun MYuga qaytishga shoshilmayapti?

  • 15 aprel, 2020, 13:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Esutdiantes"da ijara asosida to‘p surayotgan "Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo mavsum yakunida "Old Trafford"ga qaytmoqchi emas.

Tecno

Qishda okean ortiga jarohat bilan yo‘l olgan 30 yoshli himoyachi tiklanib olganidan so‘ng atigi bitta o‘yinda maydonga tushdi, biroq koronavirus panedmiyasi ortidan Argentinada ham futbol bahslari to‘xtatildi va u "Estudiantes" safida boshqa maydonga tushmasdan Manchesterga qaytishi mumkin.

"Agar vaziyat menga bog‘liq bo‘lsa, "Manchester Yunayted" rahbariyatini yana olti oy shu erda qolishga ko‘nidirishga urinib ko‘raman. Chunki shu holda ortga qaytadigan bo‘lsam, men chun juda og‘riqli bo‘ladi.

Hozir jarohatimdan to‘laqonli forig‘ bo‘ldim va maydonda o‘zimni ko‘rsatish uchun tayyorman", - deydi Roxo.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!