Marokash va Tunis termalari ham JCh-2018 da ishtirok etishadi

  • 12 noyabr, 2017, 00:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afrika qit’asida nomidan 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Ilgariroq, Misr hamda Nigeriya termalari 2018 yil Rossiyaga kelishlari ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, bugun ushbu o‘lkaga keladigan yana ikki jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Kot d’Ivuar maydoniga safar uyushtirgan Marokash terma jamoasi 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi  va mundial chiptasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, A guruhida Liviya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan Tunis terma jamoasi ham mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi.

JCh-2018 saralashi. Afrika

Kot d’Ivuar – Marokash 0:2

Gollar: Dirar, 25, Benatiya, 30

Kot d’Ivuar: Gbouo – Ore, Gbamin, Kanon, Deli (Nklomande, 46) – Fofana (Korne, 62), Gradel, Kessi – Zaa, Dumbiya, Jervino (Kalu, 76)

Marokash: Munir – Dirar, Benatiya, Sess, Xakimi – Bussufa, El-Axmadi, Belyanda (Fajr, 90+1) – Ziesh (S.Amrabat, 82), Butaib (Bencharki, 75), Amrabat

Ogohlantirish: Sess


Tunis – Liviya 0:0

Tunis: Matlouti – Nagguez, Ben Yussef, Meria, Maalul (Xaddadi, 70) – Badri, Ben Amor, Chaalali – Xazri, Xenissi, Msakni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!