
"Marsel" Eto'O bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi
Frantsiyaning “Marsel” klubi kamerunlik mashxur hujumchi Samyuel Eto'O bilan shartnoma imzolashni istamadi.
FootMercato nashri tarqatgan xabarlarga qaraganda frantsuz klubida 36 yo1shli futbolchi bilan yiliga 4 million evro maosh evaziga ikki yillik shartnoma imzolash rejasi bo‘lgan, biroq, keyinchalik marselliklar ushbu fikridan qaytib qolishgan.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumni “Antalyaspor” tarkibida o‘tkazgan Eto'O Turkiya superligasida 30ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblari darvozasiga 18ta gol kiritishga muvoffaq bo‘lgan.
Fikrlar