
Marselo: Bu jamoadan bir umr qarzdorman
"Real"ning braziliyalik himoyachisi Marselo kecha Ispaniya kubogining 1/16 finalidan o‘rin olgan “Alkoyano”ga (3:1) qarshi o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng “Qirollik klubi”dagi kelajak faoliyati haqida gapirdi.
“Men har doim klub uchun bor kuchimni berganman va shartnomam oxirigacha shunday qilaman.
Men bu jamoadan bir umr qarzdorman. Bu erda kam yoki ko‘p o‘ynaganimning ahamiyati yo‘q. Muhimi, meni muvaffaqiyatli kareram bor va allaqachon klub tarixiga kirganman. Men Madridga borimni berishda davom etaman”, - dedi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Marseloning “Real” bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar