
Marselo: "Messi bilan qo‘pol o‘ynashga harakat qilardim"
Bir paytlar "Real Madrid" safida to‘p tepgan Marselo sobiq "Barselona" hujumchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Lionel Messi – ajoyib futbolchi. Uning o‘yinini juda yuqori baholayman. Ba’zan uni maydonda sezmay qolardim, chunki u juda tez edi. Men uni to‘xtatishga, qo‘pol o‘ynashga harakat qilardim, lekin bu menga hech qachon nasib qilmagan. U juda chaqqon futbolchi", – deya Marseloning so‘zlarini Barca Times keltirdi.
36 yoshli braziliyalik sobiq futbolchi uzoq vaqt davomida "Qirollik klubi" sharafini himoya qilgan. U 2007 yildan 2022 yilgacha "Real" safida o‘ynab, jamoa bilan birga Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.
Fikrlar