Marselo "Real"dan so‘ng qaerga ketmoqchi?
"Real" himoyachisi Marseloning jamoadagi taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Marca nashrining yozishicha, 33 yoshli braziliyalik futbolchi hali o‘zining kelajak faoliyati bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan.
Marseloning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Biroq u Evropada qolishni istamoqda. U hali ham qit’a grandlaridan birida muhim futbolchi bo‘lishi mumkinligiga ishonmoqda.
Bundan avvalroq Marselo yozda o‘zining qadrdon jamoasi - "Fluminense"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Marselo joriy mavsum “Real” safida bor yo‘g‘i 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar