Marseloning bolalikdagi orzusi amalga oshdi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo JCh–2018 turnirining Shveytsariyaga qarshi guruh bosqichi ilk bahsida Braziliya terma jamoasini maydonga sardor sifatida boshlab tushishi haqida xabar berilgandi.
“Real”da 4 yildan buyon vitse-sardor vazifasini bajarib kelaman. Umid qilamanki, mening tajribam Braziliya termasiga foyda keltiradi. Milliy terma jamoa sardori bo‘lishdan mamnunman, men vatanim termasiga sardorlik qilaman – bu haqda bolalikdan orzu qilardim. JCh–2018 ilk o‘yinida sardor bo‘lib chiqish – bebahodir”, – dedi Marselo.
Qayd etish kerakki, Marselo Xulen Lopetegining “Real” bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.
Fikrlar