
"Mash’al" o‘z safiga yana kimlarni qo‘shib olganini bilasizmi?
Superligaga qaytgan “Mash’al” klubi qishki transfer oynasida tarkibini kuchaytirishga harakat qildi. Bungacha Jamshid Hasanov, Shoxnazar Norbekov, Dilshod Rahmatullaev singari qaytgani xususida ma’lumot berib o‘tgandik. Kuni kecha klub matbuot xizmati yana quyidagi o‘yinchilarning transferlarini e’lon qildi: bular – Zafar Akramov, Ibrohim No‘’monov va Nodirxon Habibullaev.
Muborakliklar 26 yoshli tajribali ximoyachi Zafarbek Akramov bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Zafarbek Akramovning jamoaga qo‘shilishi muxlislar uchun ham quvonchli xabardir. O‘tgan yili “Qo‘qon-1912”da o‘ynadi va bu safar yana “Mash’al”ga qaytdi.
Shuningdek, 29 yoshli yarim himoyachi Ibrohim No‘’monov ham jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
No‘’monov "Mash’al" sharafini avvalgi yillarda ham himoya qilgan. U 2020, 2021 va 2022 yillarda jamoa safida maydonga tushib, o‘zining mehnatkashligi va tajribasi bilan muxlislar mehrini qozongan.
Bundan tashqari, "Mash’al" klubi rahbariyati Toshkentning "Paxtakor" klubi tarbiyalanuvchisi, 21 yoshli yarim himoyachi Nodirxon Habibullaev bilan 3 yillik shartnoma imzoladi
Habibullaev yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon professional futbol tajribasiga ega. U "Paxtakor" akademiyasida tarbiyalanib, bir necha yosh toifalarida o‘ynagan. Uning texnikasi va maydonda to‘pni nazorat qilish qobiliyati murabbiylar tomonidan yuqori baholangan, - deya xabar bermoqda “Mash’al” matbuot xizmati.
"Autsayder bo‘lib qolmaymiz" - Norbekov Superligaga qaytdi!
"Mash’al" - tajribali klub" yoxud yana bir mahoratli futbolchi muborakliklar uchun o‘ynaydi
Fikrlar