"Mash’al" yana bir nigeriyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 13.02.2026 17:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Biroz avval nigeriyalik hujumchi transferini e’lon qilgan "Mash’al" jamoasidan navbatdagi yurish. Klubning bu safargi transferi - yarim himoyachi.

"Muborakning Mash’al FK Muborak jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Klub rahbariyati nigeriyalik yarim himoyachi Rafael Viashima Ayagva bilan shartnoma imzolanganini rasmiy e’lon qildi.

27 yoshli futbolchi maydon markazida barqaror o‘yini, to‘p bilan muomala madaniyati va jismoniy tayyorgarligi bilan ajralib turadi. U faoliyati davomida Nigeriya milliy terma jamoasi safida debut qilgan.
Ayagva klub darajasida ham xalqaro tajriba orttirgan. Xususan, u Norvegiyaning Lillestrøm SK, AQShning FS Tulsa jamoalari hamda Misr va Liviya chempionatlarida ishtirok etuvchi bir qator klublar sharafini himoya qilgan.

«Mash’al» futbol klubi Rafael Ayagvaga jamoamiz safida omad va muvaffaqiyat tilaydi", - deya yozdi klub matbuoti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!