Masharipov debyut o‘yinida "Istiqlol"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

  • 22 fevral, 2024, 21:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron Pro-Ligasi 17-turidan o‘rin olgan "Malavan" va "Istiqlol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur to‘qnashuvda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tehron klubi safida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov ushbu bahsda debyut qildi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. 68-daqiqada Masharipov Jalalining uzatmasini golga aylantirdi.

Ma’lumot uchun, "Istiqlol" ayni damda 36 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!