Masharipov jamoasida ajoyib o‘zgarish yuz berdi

  • 4 mart, 2021, 07:00
  • Abdullajon .
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov to‘p surayotgan "Shabab Al-Ahli" klubining instagram sahifasi "Omniyat" ko‘chmas mulkni rivojlantirish firmasining klubning yangi titul homiysiga aylanganini rasman e’lon qildi.

"Omniyat" ko‘chmas mulk guruhining asoschisi va bosh ijrochi direktori janob Mahdi Amjad ushbu guruh amirlik yoshlarini qo‘llab-quvvatlamoqchiligini va mamlakatdagi sportchilarni ham, fuqarolarni ham, aholini ham rag‘batlantirishini xohlashini aytgan. "Shabab Al-Ahli" Birlashgan Qirollikning eng yirik klublaridan biri ekanligi ta’kidlangan.

Tecno

Arab Amirliklari va guruh kelajakda ko‘proq yutuqlarga erishish uchun klub bilan hamkorlik qilish va o‘z pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida bu ishga qo‘l urgani ko‘pchilik tomonidan ta’kidlanmoqda. "Omniyat" bosh direktori Mark Feniksning ta’kidlashicha, ushbu hamkorlik guruhning butun dunyodagi mijozlari bilan kuchli aloqani yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yilishga sababchi bo‘ladi hamda xayotiyligi bilan ajralib turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!