Masharipov va Hamrobekov harakat qilayotgan jamoaning aprel oyidagi o‘yinlari. Dubay klubi o‘zbek jamoasiga qarshi o‘ynashi mumkin (Foto)

  • 1 aprel, 2021, 18:44
  • 0
CHERY AUTO

FIFA kunlari yakunlanib, yana klublar futboliga qaytdik. Bilasiz, BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasida 3 nafar legionerimiz to‘p tepmoqda. 

Tecno

Dubayliklar rasmiy sahifasi jamoaning aprel oyidagi o‘yinlar ro‘yxatini taqdim etdi. Jamoa ertaga milliy chempionat doirasidagi navbatdagi o‘yinni "Al-Fujayra"ga qarshi o‘tkazadi. 9 aprel kuni Hamrobekov jamoadoshlari Fors ko‘rfazi kubogining final bosqichida "Al-Nasr" bilan o‘ynaydi. Keyinchalik, dubayliklar OChLdagi o‘yinlarini o‘tkazish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketadi.

Ma’lumot uchun, agar AGMK saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, olmaliqliklar Masharipov harakat qilayotgan jamoa bilan bir guruhdan joy oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!