Mashhur yulduz ikki yil deganda maydonga tushdi va o‘n daqiqada haydalib ketdi

  • 16 mart, 14:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik mashhur futbolchi Dele Alli faoliyatida g‘alati hodisa yuz berdi. O‘z davrida “Tottenxem”da porlagan va Angliyaning eng zo‘r hujumkor futbolchilaridan bo‘lgan Dele Alli taqdir taqozosi bilan ayni kuchga to‘lgan paytida ishsiz qoldi.

Tecno

“Tottenxem”dan “Everton” ko‘chib o‘tgan va Orada ijara asosida “Beshiktosh”da to‘p tepgan Dele Alli ikki yil futboldan tashqarida yurdi.

28 yoshli yarim himoyachini yaqinda “Komo” o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Sesk Fabregas dele Allini A Seriyaning 29-turida “Milan”ga qarshi o‘yinda maydonga tushirdi. Alli oxirgi marotaba bundan ikki yil oldin – 2023 yilning 26 fevralida “Beshikton” va “Antalyaspor” o‘yinida to‘p tepgan.

“Milan”ga qarshi bellashuvda 81-daqiqadan o‘yinga qo‘shilgan angliyalik charm to‘p ustasi oradan o‘n daqiqa o‘tib, maydondan haydaldi. Uning Ruben Loftus Chikka qarshi ishlatgan foli hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

“Milan” futbolchilari esa o‘z maydonida birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, uchrashuvda 2:1 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!