Massimiliano Allegri eng boy klublardan birini boshqarishi mumkin

  • 27 oktabr, 2020, 23:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" klubi sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Le10Sport nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, PSJ rahbariyati Zinedin Zidan bilan kelisha olmasa, u holda parijliklar boshqaruviga italiyalik murabbiy Massimiliano Allegrini taklif qilishadi. Allegri varianti o‘tgan yili ham ko‘rib chiqilgandi. Biroq yakunda PSJ Tomas Tuxelni lavozimida qoldirgandi va jamoa EChL finalida qatnashgandi.

Hozirgi paytda ham germaniyalik mutaxassisning kelajagi evrokuboklardagi natijaga bog‘liq bo‘lib qolgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!