Mastantuono: “Bellingem “Real” bilan yashaydi va nafas oladi”

  • 22.01.2026 03:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Madrid” futbolchisi Franko Mastantuono jamoadoshi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.

Matbuot bilan suhbatda argentinalik futbolchi Bellingemning g‘oyoki alkogol bilan bog‘liq muammolari borligi haqida tarqalgan ma’lumotlarga munosabat bildirdi. Bu ayblovlar avvalroq ispaniyalik bloger tomonidan ilgari surilgan edi.

"Jud — har kuni soat 9:30 dan 18:00 gacha mashg‘ulot bazasida bo‘ladigan inson. U katta yurakka ega, “Real” bilan yashaydi va nafas oladi hamda o‘z ishini chin dildan sevadi", — deya Mastantuono.

Ma’lumot uchun,  angliyalik yarim himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!