
Masvidal va Diaz revansh jangini o‘tkazadi, ammo...
Happy Punch nashriga ko‘ra, Xorxe Masvidal(35-17) va Neyt Dias(21-13) o‘rtasida revansh jangi bo‘ladi, ammo bu safar amerikalik mashhur faxriylar boks ringida jang qilishadi. Jang mart oyida Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jangchilarning ilk uchrashuvi 2019 yilning noyabr oyida "UFC 244" turnirida bo‘lib o‘tgan va unda Masvidal uchinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozonib, ramziy BMF kamarining birinchi sohibiga aylangan edi.
Fikrlar