Mata: "Sulsher menga xaridlar ro‘yhatini berdi"

  • 16 yanvar, 2020, 14:19
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha oqshomda Angliya kubogi 1/32 final doirasida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Vulverxemptoni"ni mag‘lub etib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

O‘yin qaxramoni Xuan Mata uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar savoliga hazil aralash javob berdi.

- Sulsher o‘yin vaqtida sizga maxsus qog‘oz berdi, unda taktikaga oid maslahat bormidi?

- Bu xaridlar uchun ro‘yhat edi. Unda non, sut va umuman hamma narsa bor edi.

- Gol ham bormidi?

- Xa, albatta.

Eslatib o‘tamiz, Xuan Mata ushbu o‘yindagi yagona gol muallifga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!