Mavsum oldidan o‘yin nazoratchilari va hakamlar testdan o‘tkaziladi

  • 14 yanvar, 2021, 16:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga Superliga, Pro liga, Birinchi liga va ayollar futboli chempionatlarida faoliyat olib boradigan o‘yin nazoratchilari uchun amaliy-nazariy seminar tashkil etiladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Seminarda nazoratchilar uchun futbol o‘yin qoidalari bo‘yicha nazariy testlar hamda o‘yindagi vaziyatlar bo‘yicha video mashqlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, 18-22 yanvar kunlari Superliga bahslarida ishlaydigan arbitrlar va ularga nomzod bo‘lgan yosh hakamlar uchun to‘rt kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tadi.

Dastavval hakamlarning jismoniy tayyorgarligi sinaladi, hususan, ular "Yo-yo" testini topshiradi. Shundan so‘ng, o‘yin qoidalari bo‘yicha nazariy mashg‘ulotlarga start beriladi.

Yig‘in davomida mazkur hakamlar Toshkentda o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlarida faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, ushbu o‘yinlarda VAR texnologiyalardan foydalangan holda, hakamlarni VAR testidan ham o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!