Mavsum yakunini yondirgan futbolchi borasida "Real" bir qarorga keldi

  • 3 iyun, 2024, 17:28
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lukas Vaskes va "Real" yangi bir yillik shartnoma imzolaydi. 

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, tomonlar faqat yakuniy yig‘ilish o‘tkazishi kerak. Unda bitim tafsilotlari kelishib olinadi va shartnoma imzolanadi. 

32 yoshli himoyachining yangi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi. 

Vaskes "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda futbolchi La Ligada 29 ta bellashuvda maydonga tushib, 3 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!