Maxmud Murodovning chempionlik jangidagi raqibi o‘zgardi

CHERY AUTO

Aralash yakkakurash janglarida (MMA) muvaffaqiyatli faoliyat olib boraytgan hamyurtimiz Maxmud Murodov (13-6, KO6) o‘zining navbatdagi jangini joriy yilning 7dekabr sanasida olib borishi haqida xabar bergan edik, biroq David Ramires jangga tayyor emasligi sababli ushbu to‘qnashuvda qatnasha olmasligini ma’lum qilgan.

Tecno

Shunday bo‘lsada, sportchimiz o‘sha kuni bo‘ladigan chempionlik jangida ringga chiqadi. Uning raqibi chexiyalik Tomash Penz bo‘ladi. Jang XFN kamari uchun 7 dekabr kuni Pragadagi "O2" arenasida tashkil etiladi.

Penz faoliyatini 2006 yili boshlagan va shu vaqtga qadar 21 ta professional jang o‘tkazib, 11ta g‘alaba (6 nokaut) va 10 mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, Muradov va Ramires o‘tgan yilning dekabr oyida o‘zaro to‘qnash kelgan. O‘shanda jarohat bilan ringga chiqqan Maxmud braziliyalik raqibiga mag‘lub bo‘lib, XFN chempionlik kamarini boy bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!