Maxrezning yoqtirgan jamoasi qaysi?

  • 12 may, 2020, 17:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Riyod Maxrez instagramdagi sahifasi orqali qaysi jamoani ko‘proq yoqtirishi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

“Mening yuragimdagi jamoa bu “Marsel”. Bolaligimdan uning o‘yinlarini tomosha qildim va men o‘shanda xursand edim. Menga PSJ ham yoqardi, chunki bu mening shahrim edi. Lekin, “Marsel”ga o‘tishni ko‘proq xohlaganman. Bir nechta mashg‘ulotlardan so‘ng murabbiy men bilan shartnoma imzolanishini aytdi va hatto ekipirovkalar ham berishdi. Ammo, keyin ular agentimga qo‘ng‘iroq qilib, bizda bunaqa o‘yinchi bor, biz uni xohlaymiz, deb aytdi. Bu Billel Omrani edi. U hozir Ruminiya chempionatida to‘p surmoqda”, - deya fikrlarini bayon qildi jazoirlik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!