
"Maydon bahona o‘rnida qabul qilinmaydi"
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston terma jamoasi mehmonda Turkmaniston bilan kuch sinashadi. Jahon chempionati saralash o‘yinlarini boshlab beruvchi bahsning qiymati juda baland. Afsuski, qo‘shnilarimizning atayin sifatsiz sun’iy maydonda to‘p surishni istagani ko‘pchilikning dilini xira qilgani bor gap. Ayna shu masalada SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z telegram kanalida fikri bilan o‘rtoqlashdi:
"Ertaga Turkmanistonga qarshi bahs bilan JCh saralashini boshlab olamiz.
Maydonning xolati va vaziyatning qanday ekanligini hamma bilib turibdi.Ortiqcha to‘xtalmayman. Bizda boshqa variant yo‘q. Raqib Turkmaniston bo‘lsa ham, chim sun’iy bo‘lsa ham, bori shu endi. Bu muammoning ortiga to‘liq o‘tib olishga imkon bermaydi.
Tushunamiz, oson bo‘lmaydi, biroq g‘alaba juda ham muhim. Aynan shu bosqichni o‘zida FIFA reytingidagi o‘rnimiz yaxshilab, Ummon va BAAdan o‘zib ketishimiz shart. Katanets shogirdlarini ertaga murakkab 90 daqiqa kutib turgani barchaga ayon, ammo o‘rtaga tikilgan narsalar shu qadar og‘ir tosh bosadiki, o‘yindan so‘ng maydon bahona o‘rnida qabul qilinmaydi."
Eslatib o‘tamiz, bahs bugun soat 19:00 da start oladi. O‘yinni Sport TV kanali jonli efirda namoyish etadi.
Fikrlar