Maydondan haydalgan Neymar: Rasvo hakamlar ko‘p!

  • 2 iyun, 09:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya chempionatining ikki mashhur klubi – “Santos” va “Botafogo” uchrashuvida Neymar antiqahramonga aylandi.

Tecno

Bellashuvning 76-daqiqasida qo‘li bilan gol urgan yulduz ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni erta tark etdi. Bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan raqib shundan keyin mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, uch ochko olib ketdi.

O‘yindan keyin Neymar hammadan uzr so‘radi.

- Ba’zan gol urish istagi bizni xatoga boshlaydi. Men qilgan ishim uchun jamoadoshlarim va muxlislardan uzr so‘rayman. Meni kechiringlar, xato qildim.

To‘liq ishonch bilan ayta olamanki, maydondan haydalmaganimda biz uch ochko olardik. Jamoaga bu o‘yin uchun ofarin. Qo‘ldan chiqarilgan uch ochko mas’uliyati to‘liq mening zimmamda!

Ikkinchi sariq kartochka adolatli bo‘ldi, biroq birinchisi undan emas. Men o‘yin qoidasini buzdim va darrov ogohlantirish oldik. Rasvo hakamlar bunacha ko‘p?!

Bu mening shaxsiy fikrim, yana shu uchun ham meni jazolamanglar, iltimos, - dedi Neymar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
02/06/2025 13:51
одобли ва мард йигит