
Maykl Chendler: "Konor bilan jang bekor qilinmaydi!"
Engil vazn toifasi vakili Maykl Chendler promoushen yulduzi Konor Makgregor bilan jang haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi.
"Jang hali bekor qilinganicha yo‘q. Ha, hozir ko‘pchilik bu mavzuda taxminlar bildirmoqda, ammo hech kim jangni bekor qilmadi. 29 iyun kuni Konor bilan oktagonda ko‘rishamiz", - dedi Chendler.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor va Maykl Chendler 30 iyun kungi "UFC 303" turniri markaziy jangida oktagonga tushishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida, yaqindagina Konor va promoushen o‘rtasida mo‘jaro bo‘lishi va jang o‘tkazilmasligi mumkinligi aytilgandi.
Fikrlar