
Mbappe bu yil "Oltin to‘p"ni qo‘lga kirita olish imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi
PSJ forvardi Kilian Mbappe bu yilgi “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritishi mumkinligiga ishonmayapti.
“Haqqoniy bo‘lish kerak, men bu yil “Oltin to‘p”ga munosib o‘ynamadim. Bunga munosib va ko‘p yutuqlarga erishgan futbolchilar bor. Ushbu sovrinni qo‘lga kiritishim uchun menda hali imkon bor. Men shoshilmayman va bu borada havotirlanmayapman”, - deydi Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe o‘tgan mavsum “Oltin to‘p” so‘rovnomasida 4-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar