Mbappe — Dembele dueti jahon chempionatlari rekordini yangiladi
Statistik ma'lumotlarga ixtisoslashgan Squawka portali xabar berishicha, Frantsiya terma jamoasi hujumchilari dueti — Kilian Mbappe va Usmon Dembele jahon chempionatlari tarixidagi 60 yillik rekordni yangiladi.
Ma'lumotga ko'ra, bu natija hozirda davom etayotgan 2026 yildgi jahon chempionati 1/16 final bosqichidagi Frantsiya — Shvetsiya uchrashuvida qayd etildi. Ushbu o'yinda Mbappe Dembele bergan uzatmadan so'ng raqib darvozasini ishg'ol etdi. Shu tariqa, ularning jahon chempionatlarida birgalikda urgan gollar soni oltitaga yetdi.
Bu ko'rsatkich 1966 yildan beri qayd etib kelinayotgan statistikada eng yaxshi natija hisoblanadi. Ilgari eng yuqori ko'rsatkich sifatida birgalikda beshtadan gol urgan juftliklar qayd etilgan edi: Polsha terma jamoasidan Andjey Sharmax va Grzegoj Lyato, shuningdek, Germaniya termasidan Miroslav Kloze va Mixael Ballak.
Joriy jahon chempionati doirasida Mbappe umumiy hisobda olti bor raqib darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa, Dembele to'rtta gol muallifiga aylangan.

Fikrlar