
Mbappe Desham bilan bo‘lgan mojaro haqida: "Har bir ish joyida hamkasblar bilan kelishmovchiliklar bo‘ladi"
"Real Madrid" Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasiga ikki yig‘inni o‘tkazib yuborgan holda, qaytdi. Tanaffus vaqtida jamoa bosh murabbiyi Dide Desham bilan mojaro bo‘lganini inkor qildi.
"Agar biz urishgan bo‘lsak, men uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan bo‘lardim. Hamma meni yaxshi biladi. Agar kim bilandir janjallashgan bo‘lsam, u bilan aloqada bo‘lmayman – men o‘zimni aldab yashay olmayman. Bu esa munosabatlarda hech qachon kelishmovchilik bo‘lmaydi degani emas. Ular ro‘y berishi mumkin, hatto men buni xohlamasam ham.
Men har doim murabbiyga hurmat va minnatdorchilik bilan qaraganman. U Frantsiya terma jamoasidagi yagona murabbiyim bo‘lgan va menga ilk bor o‘ynash imkoniyatini bergan. Biz birga yutuqlarga erishdik, shuning uchun bir-ikki arzimas kelishmovchilik bizning munosabatlarimizga putur etkazmaydi.
Bu hech qanday sir emas, shunchaki odamlar bilishi shart bo‘lmagan tafovutlar. Har qanday ish joyida hamkasblar o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin, lekin bu ularni yomon ko‘raman yoki hurmat qilmayman degani emas", – dedi Mbappe "Le Parisien" nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar