Mbappe Gyulerning goli uchun xafa emasligini aytdi
«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Leyptsig»ga qarshi o‘yinda Arda Gyuler uning golini «o‘g‘irlagani»dan afsuslangan-afsuslanmagani haqidagi savolga javob berdi. Uchrashuv madridliklarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
«Real»ning ikkinchi goli kiritilgan vaziyatda, ikkinchi bo‘lim boshida Mbappe boshi bilan darvoza tomon zarba bergan. Biroq «Leyptsig» himoyachisi David Raum bilan kurashda to‘pni darvoza chizig‘i yaqinida Arda Gyuler darvozaga kiritgan.
«Gyuler golimni “o‘g‘irladimi”? Axir u mening ukamdek. Men uni yaxshi ko‘raman. Unga o‘z golimni berishga tayyorman. Unga yana ko‘proq gollar sovg‘a qilishga umid qilaman, chunki u ham menga ko‘p gollar sovg‘a qilgan. Qolaversa, men baribir gol urdim, shuning uchun hammasi joyida», — dedi Mbappe.

Fikrlar