Mbappe JCh-2026 oldidan Frantsiya terma jamoasiga chaqiruvga munosabat bildirdi

  • 15.05.2026 00:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe Jahon chempionati-2026 uchun Frantsiya milliy jamoasi qaydnomasiga kiritilgandan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.

Futbolchi bolaligidagi milliy jamoa formasidagi suratlari hamda 2018 va 2022 yildagi mundiallardagi kadrlarni e’lon qildi. Ma’lumki, 2018 yil Rossiyada Frantsiya jahon chempioni bo‘lgan, 2022 yil Qatarda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan.

"Jahon chempionati, 3-qism. Men yana bir bor mamlakatimni eng yirik musobaqada namoyish etishdan cheksiz faxrlanaman.

Biz sizlarning ishonchingizni oqlashga harakat qilamiz", — deb yozdi Mbappe.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!