Mbappe: “Lamin Yamalni tinch qo‘yish kerak”

  • 10 oktabr, 13:50
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “Barselona” vingeri Lamin Yamal atrofidagi shaxsiy hayotga oid muhokamalar haqida fikr bildirdi.

Tecno

Frantsiyalik futbolchining ta’kidlashicha, jamoatchilik yosh iqtidor egasining hayotiga haddan tashqari e’tibor qaratib, uning futbol maydonidagi yutuqlarini unutib qo‘ygan.

“Odamlar uning shaxsiy hayoti haqida juda ko‘p gapirishadi. Menimcha, uni tinch qo‘yish kerak. Futbol maydonida u ajoyib o‘yinchi, ammo real hayotda u endigina 18 yoshda”, — dedi Mbappe "COPE" nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 18 yoshli Yamal joriy mavsumda kataloniyaliklar safida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining klub bilan amaldagӣ shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, "Transfermarkt" ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 200 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!