Mbappe muxlislar talqiniga ko‘ra, "Real"ning eng yaxshi futbolchisi

  • 30 dekabr, 2024, 21:02
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe dekabr oyida "Real"ning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. 

Frantsiyalik hujumchi dekabr oyida muxlislar talqiniga ko‘ra, eng yaxshi deya e’tirof etildi. 

Kilian Mbappe Antonio Ryudiger, Jud Bellingem, Federiko Valverde va Rodrigoni ovoz berishda ortda qoldirdi. 

Dekabr oyida frantsiyalik forvard madridliklar safida jami 6 ta bellashuvda maydonga tushib, 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!