
Mbappe nega 2014 yilda "Real"ga o‘tmaganini aytdi
PSJ klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe nega 2014 yilda "Real" akademiyasiga ko‘chib o‘tishni xohlamaganini aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 yil muqaddam futbolchi madridliklar qarorgohiga kelib, Krishtianu Ronaldu va Zinedin Zidan bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan. O‘shanda ular klub rahbariyatiga Mbappeni sotib olishni tavsiya qilishgan.
"Ota-onam o‘qishni davom ettirishim uchun faoliyatimni Frantsiyada boshlashimni va shu erda ta’lim olishimni xohlashdi.
Garchi "Real"da Zidan bo‘lganida ham, Ispaniya boshqa mamlakat va boshqa madaniyat edi", – dedi Mbappe.
So‘nggi paytlarda Mbappe shu yoz “Real”ga o‘tishi haqida turli xabarlar juda ko‘paymoqda.
Fikrlar