Mbappe "Oltin butsa" uchun kurashda uchlikka kirdi

  • 13 may, 17:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe "Oltin butsa" uchun kurashda kuchli uchlikka kirdi. U "Barselona"ga qarshi o‘yinda (3:4) xet-trik qayd etgach, uning umumiy ochkolari soni 54 tani tashkil etdi. La Ligada har bir gol uchun futbolchiga 2 ochkodan beriladi.

Tecno

Hozircha birinchi o‘rinda "Sporting" forvardi Viktor Dyokeresh turibdi — u Portugaliya chempionatida 38 gol bilan 57 ochko to‘plagan. Ikkinchi pog‘onada "Liverpul" vingeri Muhammad Saloh — 28 gol va 56 ochko.

Top-5 ro‘yxatini Robert Levandovski ("Barselona") va Xarri Keyn ("Bavariya") yakunlab turibdi — har ikkisi 25 tadan gol urib, 50 ochkodan jamg‘argan.

Ma’lumot uchun, "Oltin butsa" UEFAga a’zo milliy chempionatlar to‘purarlariga beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!